Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

"London orzusi"  26.07.2018 12:58

Quyida sizga bugun Ahmad Farg`oniy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida o`tkazilgan, yoshlarda katta qiziqish uyg`otib, juda kerakli ma`lumotlar berilgan uchrashuvdan kichik lavhalar taqdim etamiz.

Ishtirok uchun shahrimiz markazidagi eng yaxshi o`quv markazlaridan biri asoschisi, adabiyotshunos Xasanboy Ashurovga viloyatimiz kitobxonlari nomidan minnatdorchilik bildiramiz!

Ma`lumotlarni to`liq maqola shaklida e`lon qilamiz, savol-javoblarni keyingi postlarda o`qishingiz mumkin.

"London orzusi"

“Albatta, chet elda o'qish va yashashning o'ziga yarasha jihatlari mavjud. Uzbekistonda turib, albatta, shirin xayollar og'ushida juda ajoyib ko'rinadi. Ijtimoiy tarmoqlarda, TVda ko'pincha faqat ijobiy jihatlar yoritiladi. Bu, albatta, biz o'ylaganchslik oson emas.

44444444444

LONDONDA O'QIMOQCHI BO'LGANLAR UCHUN: London dunyodagi eng qimmat shaharlardan biri bo'lib, bu yerda o'qish va yashash uchun katta mablag' kerak. Faqat o'qishga pul to'lab, Londonga borib olsam, eplab olaman deganlar avval yaxshilab o'ylab olishi kerak. Chunki, o'qishlar , odatda, oson emas, o'qishdan tashqari talabalarga haftasiga 20 soat ishlashga ruxsat beriladi. Shu o'rinda Londonda yashash uchun o'rtacha bir oylik chiqimlarni aytib o'tsam: 300 £ kvartplata(bir xona share) 100 £ yo'l kira uchun, 200 £ ovqatlanishga + 100 £ qo'shimcha ehtiyojlar uchun sarflaysiz. Jami: 700£ . Siz haftasiga 20 soat ishlasangiz soatiga eng kam ish haqi 7.5 £ ishlaysiz.

Bir oyda o'rtacha 600-650 £ ishlaysiz. Qonunan shunday, qonunan yo qonunni cheklab ham ko'proq ishlab pul topish mumkin. Lekin aniq o'qish uchun kelgan odam 20 soat ishlashning o'zi normal. ( 100 £ funt = 140 $ AQSH dollariga to'g'ri keladi bugungi kun uchun)

Ishlashga 20 soat ruxsat, bakalavr va magistr darajasidagi talabalarga beriladi. O'quv markazlardagi kurslarda ko'pincha qonunan ishga ruxsat berilmaydi. Berilsa ham(kam hollarda beriladi) haftasiga 10 soatga ruxsat beriladi. Bitta yaqinda bo'lgan voqea. Vodiylik yosh bir yigitni agentsva 6 oylik viza bilan o'quv kursiga olib kelgan. Bu bolani Afrika va boshqa millatlar yashaydigan kvartiraga joylashgan. O'quv markazi taxminan bir soatlik boriladigan boshqa zonada. Bola bir hafta shokda. Ingliz tilini yaxshi bilmaydi. Boshqa millatlarning yashash sharoiti umuman boshqacha. Kimdan yordam so'rashni ham bilmagan. Olib kelgan mablag'i bir haftada tugagan. Xullas, muammoga kirgan.

555555555555

Bu yerga kelib, ham ishlab, ham qo'shimcha pul topaman, uyga jo'nataman degan talaba o'qishni yaxshi bitira olmaydi. Natijada, kelajakda zo'rg'a olgan diplomi bilan ofisdagi ishlarga ham joylasholmaydi.

Ba'zi agentsvalar yoshlarga, ota-onalarga yaxshi tushuntirmay, o'quv markazlariga 6 oy yoki undan ko'proq muddatga olib kelishadi. Ishga ruxsat yo'q. Hozir ruxsatsiz(nelegalniy ish) ish topish juda qiyin. Ish bo'lsa ham pastroq darajadagi ishlar bo'ladi.(masalan porter, runner, cleaner kabi )Kelayotgan odam bu yerdagi chiqimlarni hisobga olmaydi. Kelib sharoitni ko'radi-yu, lekin kech bo'ladi, o'qishga pul to'langan, yashash uchun yana ota-onaga og'iri tushadi.

Shuning uchun kim chet elda o'qish plani bo'lsa, avval bormoqchi bo'lgan davlatning yashash sharoiti bilan tanishib, o'rganib, imkon bo'lsa, biror yaqin odami bo'lsa yoki ijtimoiy guruhlarda chet elda yashaydiganlar bilan maslahatlashib qaror chiqargani ma'qul. Kelajakda chet elda o'qib, yaxshi natijalarga erishaman degan odam kamida 2-3 yil sabr qilib o'qishi kerak. Keyin, albatta, hammasi yaxshi bo'lishi mumkin. Man Londondagi sharoit haqida aytib o'tdim. Boshqa davlatlarda mutlaqo boshqacha bo'lishi ham mumkin.” deydi Xasanboy Ashurov.

Mexmonimiz bir qator qiziqarli savollarga ham javob berdi. Savollar va ularga berilgan javoblarni keyingi postlarimizda o`rtoqlashamiz!