Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

Davra suhbati tashkil etildi  22.01.2021 14:38

 

Umarali Normatov tavalludining 90 yilligiga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi

           Bugun ziyo maskanimizda adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov tavalludining 90 yilligiga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

           Tadbirda filologiya fanlari doktori, professor Akbarali Sabirdinov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nabijon Soliyev ustozning hayoti va ijod yo'li haqida so'zlab berdilar.

           Umarali Normatovning ilmiy merosi, tanqidiy maqolalari va adabiyotshunoslikdagi o'ziga xos qarashlariga alohida urg'u berildi. Tadbirda qatnashgan talaba va magistrantlar olimning hayot yo'li va ilmiy faoliyati haqida atroflicha ma'lumotga ega bo'ldilar.

           Yoshlar tomonidan adabiyotshunos olimlar, o'zbek adabiyotining zabardast vakillari asarlarini kengroq o'rganish maqsadida "Nafosat gurunglari" kitobxonlar klubini tashkil etish g'oyasi taklif etildi.

v0

v1

v3

v4