Fargʻona Viloyati MIB huzuridagi chaqiruvlarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorlash markazida “Eng yaxshi kitobxon” koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlovda Markaz chaqiriluvchilaridan iborat jamoalar mahorati va bilimlari asosida 3 ta shart boʻyicha bellashdilar. Ishtirokchilar kitob oʻqishning afzallik tomonlari, kitob haqida buyuk alloma va mutafakkirlarning fikrlari hamda misralarini keltirib oʻtishdi. Shuningdek, adiblarning asarlari hayoti va ijodi borasidagi savollarga javob berishdi. Bellashuvchilar bilimini Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi aʼzosi Nargiza Mashrapova, Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazi mutaxassislari Qoraboyeva Nodira, Qodirova Dilorom, Xalq taʼlimiga qarashli 2 maktab oʻqituvchisi Sohibjon Toʻrajonov, MV Jamoatchilik kengashi Fargʻona mintaqaviy boʻlimi raisi oʻrinbosari J. Nasriddinovlar baholab bordilar.
Chaqiriluvchilar tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik , ota- ona, muhabbat haqidagi oʻzlari tomonidan yozilgan sheʼrlari tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
Bahs munozaralarga boy boʻlgan koʻrik tanlov soʻngida hakamlar tomonidan gʻolib deb topilgan jamoalar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.