Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

“Orzu ortidagi sanʼatkor” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi  27.01.2021 16:45

   

p10

     2021 yil 27 yanvarda Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining Oʻlkashunoslik sektorida Fargʻona viloyatining Furqat tumanida 1941 yilning 4 yanvarida tugʻilgan Oʻzbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayevaga bagʻishlanib, “Orzu ortidagi sanʼatkor” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etilib, axborot daqiqasi oʻtkazildi. Axborot daqiqasini sektor mutaxassisi Qoraboyeva Nodiraxon doimiy kitobxonlarimizni ushbu aktyorning hayot va ijodi bilan tanishtirib oʻtdi. Oʻlkamizdan etishib chiqqan Oʻzbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva Fargʻona viloyatining Furqat tumanida tavallud topgan. Oʻrta maktabdan soʻng Qoʻqondagi ayollar pedagogika bilim yurtida tahsil olgach maktabda oʻqituvchi sifatida bir muddat ishladi.

     2002 yildan hozirgacha Hamza nomidagi Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida faoliyat koʻrsatib, teatr repertuaridagi qator spektakllarda bosh va kichik rol obrazlarini maromiga etkazib ijro etib kelmoqda.

     Axborot daqiqamizda tashkil etilgan kitob koʻrgazmalarida bir necha adabiyotlar va jurnal gazetalardan maʼlumotlar olindi. Kitobxonlarimiz xalq artisti bilan yanada yaqin tanishishib, oʻzimizni yurtdoshligimizdan faxrlanishdi va mamnun boʻlishdi.

p11

p12

p13