Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

Islom Abdugʻaniyevich Karimov tavalludi munosabati bilan axborot daqiqasi oʻtkazildi  29.01.2021 17:17

           Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov tavalludi munosabati bilan umumiy oʻquv zali sektorida axborot daqiqasi oʻtkazildi.

          Mustaqil Oʻzbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, oʻzbek xalqining ulugʻ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk Yoʻlboshchimiz gʻoyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda ogʻir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda Oʻzbekistonni jadal va barqaror surʼatlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi. 

         Islom Abdugʻaniyevich Karimov oʻzining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning koʻp asrlik tarixida oʻchmas iz qoldirdi. U nafaqat Oʻzbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obroʻ-eʼtiborga sazovor boʻlgan ulkan shaxs va arbob sifatida qalblarga muhrlandi.