Margʻilon – buyuk ipak yoʻlida mezbon
Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida 2021 yil 19 fevral kuni “Oʻzbekistonda turizm istiqboli” rukni ostida “Margʻilon – buyuk ipak yoʻlida mezbon” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
Koʻrgazmada Margʻilon shahrining oʻtmishi, ijtimoiy–iqtisodiy hayoti, milliy hunarmandchilik va bebaho atlasining yaratilish tarixi, hamda shu maskanning qadimiy ziyoratgohlarga oid adabiyotlar joy oldi.
Mazkur koʻrgazmani tashkil etishdan maqsad aholi hamda kitobxonlarni tabiati goʻzal, tarixiy madaniy meros obʼektlariga boy boʻlgan Oʻzbekiston oʻlkasi bilan yaqindan tanishtirish va ichki turizmni targʻib qilishdir.
Ushbu tashkil etilgan koʻrgazma kitobxonlar oʻrtasida katta qiziqish uygʻotmoqda.