Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

Shuhrat Abbosovning 90 yilligiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi  24.02.2021 16:18

          2021 yil 24 fevral kuni O‘lkashunoslik sektorida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, o‘zbek kino rejissyori Shuhrat Abbosovning 90 yilligiga bag‘ishlanib, “Mohir rejissyor va pedagog” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi va axborot daqiqasi o‘tkazildi.

         Axborot daqiqasida sektorimizning faol va doimiy kitobxonlari qatnashdilar. Sektor mudiri Qodirova Diloromxon kitobxonlarimiz uchun Shuhrat Abbosovning hayot yo‘li va ijodiga bog‘liq bo‘lgan maqola va kitoblarini ko‘rgazmaga qo‘yib gapirib o‘tdi.

         Shuhrat Abbosov 1931 yilning 16 yanvarida Qo‘qonda tavallud topgan bo‘lib, o‘zbek kino san’atining asoschilaridan hisoblanadi. Shu kunga qadar bir qancha “Mehnat qahramoni” unvonlariga va “Shuhrat”, “El-yurt hurmati” medali mukofotlariga sazovor bo‘lgan. “Mahallada duv-duv gap”, Toshkent non shahri”, “Sevgi dramasi”, “Sen yetim emassan”kabi mashhur kinolar rejissyori va ssenaristi bo‘lganligi haqida kitobxonlarimizga ma’lumot berib o‘tganligimizdan qatnashuvchilar judayam ham mamnun bo‘ldilar.

- 1

- 3