Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

Talabalari uchun ekskursiya tashkil etildi.  25.02.2021 16:12

         Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan 2021 yil 25 fevral kuni yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda yoshlarni axborot-kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, Farg‘ona Politexnika Instituti 2 bosqich talabalari uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

         Axborot-bibliografiya xizmati rahbari G.Valiyeva ekskursiyaga tashrif buyurgan o‘quvchilarni kutubxona faoliyati, fondi va tarixi bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi.

         Tashkil etilgan ekskursiya davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Untitled-1 copy