Savol: Maishiy isteʼmolchilar qanday huquqlarga ega?
Javob: Maishiy isteʼmolchilar quyidagi huquqlarga ega:
tabiiy gazning standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarda koʻzda tutilgan hajmda va sifatda, uzatish rejimiga rioya qilgan holda toʻxtovsiz etkazib berilishi;
tabiiy gazni etkazib berish shartnomasi bekor qilinganda, foydalanilmagan gaz hajmi uchun toʻlangan summani qaytarishni talab qilish;
tabiiy gazni etkazib berish shartnomasini qonun hujjatlariga muvofiq bir tomonlama bekor qilish;
tabiiy gaz uzatish toʻxtatilishi natijasida vujudga kelgan zararni qoplashni talab etish;
gaz taʼminoti tashkiloti vakilini uzish va qayta ulanish uchun qoʻshimcha haq toʻlamasdan, gaz priborlarini gaz taʼminotidan vaqtincha yoki toʻliq uzib qoʻyish maqsadida chaqirish.