Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslaridan biri yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda yoshlarni axborot-kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, Farg‘ona shahar Koreya Xalqaro universiteti "Maktabgacha ta’lim" yo‘nalishi talabalari uchun kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Tashkil etilgan ekskursiya davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.