Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

“Seningsiz oʻtkanda yillardek har dam” nomli rasmli-kitob koʻrgazmasining sharhi boʻldi.   12.02.2021 16:07

         2021 yil 12 fevral kuni abonement sektorida oʻzbek shoirasi, yozuvchi Saida Zunnunova tavalludining 95 yilligi munosabati bilan  “Seningsiz oʻtkanda yillardek har dam” nomli rasmli-kitob koʻrgazmasining sharhi boʻldi. 

         Saida Zunnunova goʻzal va dardli sheʼrlar yozgan shoira edi.Uning sheʼrlarida oʻzbek ayollariga xos vafo, sadoqat,mehr-muhabbat ufurib turadi. Shoira “Qizingiz yozdi”, “Yangi sheʼrlar”, “Gullar vodiysi”, “Qizlarjon”, “Bir yil oʻylari” kabi sheʼriy toʻplamlari orqali inson qalbining nozik qirralarini ochib beradi. 

          Koʻrgazmada  shoiraning inson ruhiy hayotining nozik qirralari va tebranishlari, tuygʻu va kechinmalarning murakkab harakati, dardu hasrat va orzu-armonlarning kamalak ranglarini mahorat bilan ifodalay oluvchi asarlari kitobxonlar eʼtiboriga xavola etildi.

           Ijodkor ayni kamolot yoshida 1977-yil 51 yoshida ogʻir xastalikdan bevaqt vafot etdi.Uning hassos nazmi, samimiy nasri oʻzbek kitobxonlarining maʼnaviy mulkiga aylanib qoldi.

photo_2021-03-14_12-24-55

photo_2021-03-14_12-24-46