- Axir men ham senga oʻxshagan moʻgʻulman-ku?
- Moʻgʻul deb atalmoq uchun vatanparvar boʻlish kerak.
Sen esang vatanga xiyonat qilding, – deb javob berdi Magsarjav.
Vandanov otilishi oldidan hayotini saqlab qolishini iltimos qilib, oʻkirib yigʻladi, er oʻpib yalindi, ammo foydasi boʻlmadi, xoinni otib tashlashdi.
Hurmatli kitobxon! Sizlarga taqdim etilayotgan ushbu roman moʻgʻulistonlik mashhur adib, birinchi moʻgʻul romanchisi Ch.Lodoydambaning qalamiga mansub boʻlib, unda Vatan, xalq ozodligi yoʻlida jon fido qilgan avlodlar kurashi, sevgi tuygʻulari, ota-bobolarining ishini davom ettirgan farzandlar haqida hikoya qilinadi. Asar boshida nodon, johil, ezilgan kishilar Xalq revolyusiyasi taraqqiyoti jarayonida asta-sekin madaniyatli yangi hayotning yirik quruvchisiga aylana boradilar.
Sizlarga Ch.Lodoydambaning “Beorom Tamir” romanini oʻqishni tavsiya qilamiz.