Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

#kitobxonlik_haftaligi  05.04.2021 14:52

Fargʻonada “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi

        Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi”ga start berildi.

         Respublikada birinchi marotaba oʻtkazilayotgan bunday keng koʻlamdagi haftalik Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi 781-son qarori asosida tashkil etilmoqda.

         Tadbirning ochilish marosimida soʻzga chiqqan viloyat hokimining oʻrinbosari Fayzullo Qosimov, “Kitobxonlik haftaligi”ning ahamiyati haqida toʻxtalib, maʼnaviy yuksalishga qoʻyilayotgan dadil qadamlardan biri ekanligini taʼkidladi. 

         Yoshlarda kitob oʻqish koʻnikmasi shakllansa, kamoloti yoʻlida qolgan barcha amallarni kitobning oʻzi oʻrgatadi. Fargʻonalik 8-sinf oʻquvchisi Muhammadfozil Ismoilovning “Yosh kitobxon” tanlovida gʻolib boʻlishi – bu viloyatimizda ham kitobxonlikka qaratilayotgan yuksak eʼtiborning samarasidir.

        “Fargʻona tajribasi” sifatida viloyatning har bir mahallasida elektron kutubxona hamda “Ziyo” kitob maskanlari barpo etilayotganligi ham hududlarda kitobxonlik muhiti shakllanishiga xizmat qilishi shubhasiz.

         “Kitobxonlik haftaligi” davomida yoshlarda kitobga boʻlgan qiziqishni uygʻotishga qaratilgan mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Vodiy viloyatlari yoshlari oʻrtasida kitobxonlik tanlovi, kutubxonachilar uchun mahorat saboqlari, noshirlik salohiyati namoyishi va boshqa turli sohaviy tadbirlar, maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar tashkil etiladi.

          Yana bir muhim jihat, viloyatdagi har bir korxona va tashkilotlar rahbarlari haftalik doirasida oʻzlari oʻqigan maktabga kitob sovgʻa qilish aksiyasi ham oʻtkaziladi.

FARL2842

FARL2848

FARL2858

FARL2867 copy

FARL2954 copy

FARL3019 copy

FARL3120 copy

FARL3201

FARL3217