Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

Elimda alyorim qolur  27.04.2021 13:45

           2021 yilning 27 aprel kuni soat 12:00 da Yurtimizning ardoqli shoiri, O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning tavallud kuniga bag’ishlanib, Ichki Ishlar Vazirligining Farg’ona akademik litseyi o’quvchilari bilan hamkorlikda «Elimda alyorim qolur» deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo’lib o’tdi. Kechaga alohida fayz qo’shgan litsey o’quvchilarining she’riyatga bo’lgan muhabbatlari, shoirning she’rlaridan namunalar va hayot ijodi haqida munozara-suhbatlar avj oldi. Farg’ona viloyat Davlat tili maslahatchisi, hokim o’rinbosari Sohibjamol Abdullayevna tadbir qatnashuvchilarga alohida minnatdorchilik ramzi sifatida litsey kutubxonasiga o’quvchilarining she’riyat ilmiga juda ham chanqoq va qiziqishlari baland ekanliklariga guvoh bo’lib elimizning ardog’idagi shoir kitoblaridan hadya etdilar. Tadbirda Farg’ona ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o’qituvchi va o’quvchilari ijrosida qatnashuvchilarga yanada qalblarida jo bo’lishlik uchun shoirning she’rlariga bastalangan kuy va qo’shiqlaridan namunalar keltirishdi. Tadbir judayam fayzli va maroqli bo’lib o’tdi.

tq0

tq1

tq2

tq5

tq6