Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

Serqirra Farg‘onalik iste’dod namunasi  05.05.2021 16:26

         Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining o‘lkashunoslik sektori joriy yilning 4 may kunida Opera xonandasi, aktyor, teatr arbobi, O‘zbekiston xalq artisti,  Turkiston Respublikasining birinchi xalq ashulachisi Muhiddin Qoriyoqubov tavalludining 125 yilligi munosabati bilan “Serqirra Farg‘onalik iste’dod namunasi” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazmada 30 ta ma’lumot adabiyot va gazeta jurnallardan hamda foto suratlardan foydalanildi. Shu sektorning mudiri Dilorom Qodirova doimiy kitobxonlar uchun O‘zbekiston xalq artisti Muhiddin Qoriyoqubovning ijod yo‘li va hayoti haqida ma’lumot berdi. Reja asosida Muhiddin Qoriyoqubov haqidagi kitob taqdimotiga – Muhitdin Kari-Yakubov dokumentalnaya monografiya. Avtor-sostovitel L. A. Avdeyeva. Tashkent – 1984 yilda chop etilgan rus tilidagi kitobini kitobxonlarimizga tavsiya etib yaqindan shu kitob haqida gapirib o‘tdi. Ushbu kitobda Muhiddin Qoriyoqubovning xotiralari, hujjat ishlarining hamda opera va teatrlarda qahramon obrazlarining foto-rasmlari, buyruq va qarorlari to‘liq berib o‘tilganligini ta’kidlab o‘tdilar. Sektor kitobxonlari 60 ta o‘quvchi-talabalardan iborat bo‘lib ular juda ham mamnuniyat bilan ma’naviy ozuqaga ega bo‘ldilar.

M1

M2