O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son qarori bilan tasdiqlangan "2019-2024 yillarda O'zbekiston Reapublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi" ijrosini ta'minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan viloyatimizda ilk marotaba "Axborot -kutubxona markazining eng yaxshi mutaxassisi" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.
Mazkur ko'rik-tanlovda viloyat, tuman va shaharlardagi axborot-kutubxona markazlari xodimlari 3 ta mezon bo'yicha o'z taqdimotlarini namoyish etdilar.
"Axborot-kutubxona markazining eng yaxshi mutaxassisi" ko'rik-tanlovining 1 bosqichida O'zbekiston tumani axborot-kutubxona markazi xodimi Ochilova Shohigul Topiljon qizi 1-o'rinni, Quvasoy shahar axborot-kutubxona markazi xodimi Omonov Asqarjon Mansurjon o'g'li 2-o'rinni, Bag'dod tumani axborot-kutubxona markazi xodimi Abdurahimova Gulchehra Abdujalil qizi 3-o'rinni qo'lga kiritib, tanlovning 2-bosqichiga yo'llanma oldilar.