Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

#Retro_kitob  18.06.2021 14:01

Gulchehra bu gaplar Muyassarga taʼsir etganini sezdi-da, yuziga durrasini bosib yigʻlab yubordi. Muyassar chindan ham nima qilishini bilmay esankirab qoldi. Xayriyat Larisa bor ekan, Gulchehrani quchoqlab yupatdi, keyin tergovchiga borib uchrash shart ekanini, agar bormasa yigitlarning ishi ogʻirlashib ketishini bitta-bitta tushuntirib berdi.

Hurmatli kitobxon! “Er boshiga ish tushsa” romanining qahramonlari Mashrab va Muyassar, Qoʻchqor va Akmal, Gulchehra va Larisaning yoshlik davri ogʻir urush yillariga duch keladi. Ular ilk sevgining masʼud damlarigina emas, ayriliq gʻurbatlarini, visol orzusi va hijron dogʻlarini ham boshlaridan kechiradilar. Odil Yoqubovning bu romani yoshidan burun ulgʻayib, urush yillarining katta maʼsuliyatlarini oʻz zimmalariga olgan ajoyib avlodni ulugʻlaydi, avtor bu avlodning mehnati, doʻstligi, sevgisi, orzu-havaslarini haroratli, maroqli qilib tasvirlagan. Ushbu romanni sizlarga tavsiya qilamiz.

Scan00010002