Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

#Onlayn_huquqshunos  17.07.2021 08:37

           Savol: Onam vafotidan keyin akam ikkalamizga kvartira meros qoldi. Akam onam vafotidan bir yil o‘tib oila qurdi hamda turmush o‘rtog‘i va qizalog‘ini o‘ziga tegishli turar joyga propiska qildirdi. Men kvartiramni sotib, akam oilasini boqishi uchun unga mashina olib berdim, o‘zim esa akamning kvartirasiga propiskaga o‘tdim. Biroz vaqt o‘tgach akamning turmush o‘rtog‘i janjal chiqaradigan bo‘ldi.
          Muntazam janjallar uchun akam va uning oilasini sud tartibida kvartiradan ro‘yxatdan chiqarib yuborishim mumkinmi?
          Javob: Uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila a’zolari, shuningdek u bilan doimiy yashaydigan fuqarolar o‘rtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilanadi.
          Uy yoki kvartiraning mulkdori, uning oila a’zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar va sobiq oila a’zosi o‘rtasidagi turar joydan foydalanish hamda qilingan xarajatlardagi ulush miqdori haqidagi nizolar sud tartibida hal etiladi (UJK 32-m. 1, 8-q.; OSPning 14.06.2001 yildagi 22-son qarori).