Навигатсия
Кутубхонанинг иш тартиби:
8:00 дан 18:00 гача
Манзил:
Ўзбекистон, Фарғона ш., Маърифат кўчаси 31 А

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

#Bilasizmi?  30.07.2021 14:31

          Savol: Shirkatning ustavida qanday qoidalar ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi kerak? 
         Javob: Shirkatning ustavida quyidagilar bo‘lishi kerak: 
    shirkatning to‘liq va qisqartirilgan nomi, joylashgan yeri (pochta manzili);
    joylarning mulkdorlari shirkatga birlashtirilgan ko‘p kvartirali uylarning manzillari;
    faoliyatning predmeti va maqsadi;
   shirkatning hamda shirkat a’zolarining huquqlari va majburiyatlari;
   umumiy mol-mulkdan foydalanishdan, tijorat faoliyatini amalga oshirishdan va umumiy mol-mulkning ayrim qismlarini realizasiya qilish va ijaraga berishdan olingan daromaddan (foydadan)         
    foydalanish va (yoki) uni taqsimlash tartibi;
    shirkatning zararlari o‘rnini qoplash tartibi;
    zaxira jamg‘armalarini va boshqa jamg‘armalarni tashkil etish tartibi;
    har bir turar joy va yashash uchun mo‘ljallanmagan joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushi;
    majburiy badallarning miqdorlarini belgilash va ularni shirkat a’zolari tomonidan to‘lash tartibi;
    umumiy mol-mulkni, ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasini va shirkatning mol-mulkini boshqarish tartibi;
    shirkat boshqaruvi va taftish komissiyasining son tarkibi hamda saylanish muddati, ularning vakolatlari, ular tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
    yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
    shirkatni qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
    shirkatning ustavida shirkat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham bo‘lishi mumkin.