Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

#Onlayn_huquqshunos  10.08.2021 11:40

        Savol: Sexdagi xodimlar belgilangan grafik bo‘yicha - 6 kun mobaynida 8 soatdan ishlaydilar, keyin 2 kun dam oladilar.
Smenali grafik bo‘yicha yakshanba kuni ishlaydigan xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lanishi lozimmi? Ular uchun jamlangan ish soatlari hisobini joriy etish to‘g‘ri bo‘ladimi? Ularning ish soatlari qanday hisoblanadi? 
        Javob: Smenali ish grafigida xodimlarning dam olish kunlari kalendar kunlari bo‘yicha emas, balki grafik bo‘yicha hisobga olinadi. Shu boisdan yakshanba kunidagi ish uchun ikki hissa miqdorida haq to‘lanmasligi lozim, chunki yakshanba kuni uchun emas, balki dam olish kuni uchun ikki hissa miqdorida haq to‘lash nazarda tutilgan (MK 157-m.).
        Biroq ko‘rib chiqilayotgan ish rejimida xodimlarning haftasiga 40 soat etib belgilangan ish vaqti davomiyligi normasi buzilyapti (MK 115-m.). Masalan, xodimlardan biri fevral oyida belgilangan 20 ish kuni (160 soat) o‘rniga 22 ish kuni (176 soat), ish vaqtidan tashqari 16 soat ortiqcha ishlagan. Qolgan oylarda ham shunga o‘xshash holat bo‘ladi. Ish vaqtidan tashqari ishlangan soatlar bir yilda 120 soatlik normadan oshib ketadi (MK 125-m.), bu esa qoidabuzarlik hisoblanadi. Shunga qaramay, qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganda xodimlar tomonidan ishdan tashqari ishlangan barcha soatlar uchun MKning 157-moddasida nazarda tutilgan tartibda haq to‘lanishi lozim.
         Korxonada ish vaqtining jamlangan hisobini yuritishda boshqa ishlanmaydigan vaqt - ta’til, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik va boshqa davrlar hisobiga me’yordan ortiqcha ish soatlari sonini tartibga solishning imkoni bo‘lmaydi. Sizda belgilangan ish rejimi bo‘yicha bir yilda xodimga rejalashtirilgan ish kunlari va soatlarining umumiy sonini hisoblab chiqishni tavsiya etamiz. Uni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan bir yil uchun ish soatlari hisob-kitobi bilan solishtirib ko‘ring. Me’yordan ortiqcha ishlangan vaqt 120 soatlik normadan oshmasligi lozim.
         Ish rejimini qayta ko‘rib chiqish va uni normal davomiylikda tuzish tavsiya etiladi.
Smenali rejimda ishlaydigan xodimlarning ish vaqti haqiqatda ishlangan soatlar bo‘yicha tuzilgan tasdiqlangan grafik asosida ish vaqtini hisobga olish tabelida hisobga olinadi.
Bunday toifadagi xodimlar uchun tabelda faqat ish kunlari va dam olish kunlari hafta kunlari bo‘yicha emas, balki oy kunlari bo‘yicha qo‘yiladi.
         Bayram kunlaridagi ishlar uchun dam olish kuni berishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, xodimlarning har qanday toifasi uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. Tasdiqlangan ish jadvali bo‘yicha o‘zining dam olish kunida ishga jalb etiladigan xodimlarga ham shunday tartibda haq to‘lanishi lozim (MK 157-m.).