Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

Ezgulik tog‘ining baland cho‘qqilariga chiqishga intilgan kishi  26.08.2021 14:06

Ezgulik tog‘ining baland cho‘qqilariga chiqishga intilgan kishi

           Agar hozirgi o‘zbek adabiyoti va jurnalistikasi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan Maqsud Qoriyev hayot bo‘lganida qutlug‘ 95 yoshga kirgan bo‘lardi. Shu munosabat bilan Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazida yozuvchi va jurnalist Maqsud Qoriyev xotirasiga bag‘ishlangan “Ezgulik tog‘ining baland cho‘qqilariga chiqishga intilgan kishi” nomli rasmli-kitob ko‘rgazmasining sharhi bo‘ldi. 
          Ajoyib inson, sevimli adib Maqsud Qoriyev va uning ijodi to‘g‘risida uzoq so‘zlash mumkin. Ammo shu narsa boqiy haqiqatki, u o‘zining shu vaqtga qadar yaratgan o‘nlab hikoyalari, qissa va romanlari bilan zamonaviy o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shdi. Uning, ayniqsa, lirik qissa va tarixiy roman janrlarida olib borgan izlanishlari hozirgi o‘zbek nasrining badiiy ufqlarini kengaytirib yubordi.
         Maqsud Qoriyevning «Ezgulikka intilib» kitobida yana  bunday so‘zlar bor: «Umr o‘tar, yoshliging ketar, ammo oydin kechalar qaytib kelaveradi».
         Adibning bu so‘zlarini bir oz o‘zgartirib aytishimiz mumkin: umr o‘tar, yoshlik va keksalik ham ketar, ammo Maqsud aka singari adiblardan qolgan shogirdlar tufayli ijodning oydin kechalari davom etaveradi.