Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

Fargʻonada Navoiy tavalludining 580 yilligi katta tantana qilinadi  01.02.2021 16:18

           Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktyabrdagi PQ-4865-sonli “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan  buyuk mutafakkir tavalludi kuni yurtimizda katta tantanaga aylanadi.

          1 fevral kuni viloyat Axborot-kutubxona markazida davlatimiz rahbari qarori ijrosini taʼminlash maqsadida  Fargʻona viloyati hokimining 2021 yil 29 yanvardagi 47-f-sonli qabul qilingan farmoyishiga asosan viloyat hududida joriy yilning 1 fevral kunidan 28 fevral kuniga qadar "Navoiyxonlik oyligi" oʻtkazish yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

         Viloyat hokimligi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi, Xalq taʼlimi boshqarmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi, Madaniyat boshqarmasi, Fargʻona shahar hokimligi, Fargʻona davlat universiteti bilan hamkorlikda oʻtkazilgan anjumanda oylik doirasida viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan kitobxonlarni qamrab olish, “Navoiyga ehtirom” insholar tanlovi, viloyat axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi va Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan “Navoiy izdoshlari” onlayn tanlovi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan “Navoiy gʻazallari bilimdoni” tanlovi oʻtkazilishi belgilab olindi.

          Kitobsevarlar uchun tashkil etilayotgan ushbu tanlovlar boʻyicha barcha savollaringizga masʼul tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida javob olishingiz mumkin.

s3

s1

s2