2021-yil 6-aprel kuni 7-aprel “Sogʻlomlashtirish” kuni munosabati bilan soat 14:00 da Xorijiy adabiyotlar oʻquv zalida «Zararli odatlar” mavzusida video namoyish etildi.
Yetakchi kutubxonachi D. Dadajonova video boshlanishida har qanday jamiyatning, har qanday xalqning tayanchi bu yoshlar ekanligini ta'kidlab oʻtdi. Yurtimizning ravnaq topishida va butun dunyoga mashhur boʻlishida ham yoshlarimizning aqlu- zakovati, bilimi va kuch gʻayratiga bogʻliqdir. Shuning uchun ham davlatimiz ertangi kunimiz boʻlgan yoshlarga alohida eʼtibor qaratib, ularni ham maʼnan, ham jismonan sogʻ boʻlishlari uchun har qanday sharoitni yaratib bermoqda.
Video namoishda oʻquvchilar immunitet nima?, Narkotik moddalar nima va ular inson organizmi uchun qay darajada zararligi ekanligi bilan tanishib oldilar. Narkotik moddalarni yurtimizga noqonuniy yo'llar bilan olib oʻtilayotganligi va ushbu zahri qotil moddalar ichki ishlar organlari tomonidan qay darajada qoʻlga olinayotgani ham koʻrsatilgan. Oʻquvchi yoshlar ushbu video namoish orqali oʻzlariga kerakli boʻlgan maʼlumotlarni va zararli odatlar organizm uchun juda xavfli ekanligini bilib oldilar.