Navigatsiya
Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

#Onlayn_huquqshunos  05.05.2021 16:37

        Savol: Mening asosiy ish joyim - maxsus bog‘cha, defektolog o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. O‘rindoshlik asosida boshqa bog‘chada logoped o‘qituvchisi sifatida ham ishlayman. 2020 yil 1 dekabrdan homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqdim. O‘rindoshlik asosidagi ish joyimda homiladorlik va tug‘ish nafaqasi faqat asosiy ish joyidan beriladi, o‘rindoshlarga to‘lanmaydi deyishdi.
O‘rindoshlik asosidagi ish joyidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadimi? 
Buning uchun o‘rindoshlik asosidagi ish joyiga qanday hujjatlar taqdim  etilishi lozim?

         Javob: Ha, ayollarga o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadi. 
O‘rindoshlik asosida ishlayotgan ayollarga asosiy ish joyidagi ta’til bilan bir vaqtda homiladorlik va tug‘ish nafaqasi beriladi (MK 143-m.).
        O‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini olish huquqiga egalar (Nizomning 18-bandi, 18.10.2012 yildagi 297-son VMQga ilova).
Homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (MJTK 49-3-m.).
        Ushbu nafaqani olish uchun homilador ayol o‘rindoshlik asosidagi ish joyiga sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etishi lozim (Nizomning 19-b.).