Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

Vatan O‘zbekiston rassomlari nazdida  25.08.2021 13:43

Vatan O‘zbekiston rassomlari nazdida

                        Rassomchilik - bu har qanday qattiq yuzaga surtilgan bo‘yoqlar yordamida yaratilgan tasviriy san'atning bir turidir. Rasomchilik nafaqat real dunyoning ko‘zga ko'rinadigan hodisalarini vizual ravishda aks ettirishga, odamlar hayotining keng rasmini ko‘rsatishga, balki tarixiy jarayonlar mohiyatini, insonning ichki dunyosini ochishga, mavhum fikrlarni ifoda etishga imkon beradi. Rassom o‘zining ulkan g‘oyaviy va badiiy imkoniyatlari tufayli voqealikni badiiy aks ettirish va izohlashning muhim vositasi bo‘lib, muhim ijtimoiy mazmunga va turli xil mafkuraviy funktsiyalarga ega.

            Ahmad Farg'oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida  “Vatan O‘zbekiston rassomlari nazdida” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada O‘zbekistonda yetishib chiqqan mashhur rassomlar, ularning ijod namunalari, kitob naqqoshligi  va qo‘lyozma kitoblarning  bezatilish san’ati haqidagi adabiyotlar joy oldi. Ko‘rgazmada  kutubxonamizning  faol, doimiy kitobxonlari va yosh rassomlar qatnashdi.  Ushbu ko‘rgazmadagi kitoblarga sharh berib o‘tildi.

11 copy