Kutubxonaning ish tartibi:
8:00 dan 18:00 gacha
Manzil:
O‘zbekiston, Farg‘ona sh., Ma’rifat ko‘chasi 31 A

Yangiliklar

« Ортга қайтиш

#Onlayn_huquqshunos  26.08.2021 14:21

         Savol: O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan veterinariya dori-darmonlarini olib kirmoqchimiz. Buning uchun veterinariya xizmatining ruxsatnomasini olish kerakmi va u qanday olinadi? Bu hujjatni bojxonada taqdim etish kerak bo‘ladimi?

        Javob: Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalar O‘zbekiston hududiga vakolatli organ tomonidan beriladigan tegishli lisenziya mavjud bo‘lganda va ular ro‘yxatga olingan taqdirda olib kiriladi. Lekin ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan beriladigan sifati va zararsizligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda bunday turdagi tovarlarni veterinariya sertifikatisiz olib kirsa bo‘ladi. 

Barcha turdagi transportda tashiladigan, davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni import qilishga, shuningdek jismoniy shaxslarning qo‘l va bagaj yuklariga yoki pochta jo‘natmalariga ruxsatnoma berish tartibi Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida nizomda (15.03.2017 yildagi 139-son VMQga 4-ilova) belgilangan.

        Bunday ruxsatnoma Bosh davlat veterinariya inspektori yoki uning o‘rinbosari tomonidan elektron hujjatlar shaklida, arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjat va ma’lumotlarning tahlil qilinishini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda kalendar yil uchun beriladi. 

        Nazoratdagi tovarlarni import qilishga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun import qiluvchi (tovar egasi) 30 kundan kam bo‘lmagan muddatda avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yoki qog‘oz formatida vakolatli organga yoki nazoratdagi tovarning import qilinish manzili bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh davlat veterinariya inspektoriga murojaat qiladi.

         Bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi shu jumladan davlat veterinariya nazorati amalga oshirilganidan keyin tugallanadi (BK 248-m.). Bu degani, davlat veterinariya xizmatining import qilishga ruxsatnoma hujjatlari bo‘lmagan taqdirda tovarni bojxonada rasmiylashtirishning imkoni yo‘q.